Avtomashina gaz qurilmasidagi nuqson bartaraf qilindi

Avtomashina gaz qurilmasidagi nuqson bartaraf qilindi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yashovchi fuqaro M.Mirzalievning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatda bildirilishicha, fuqaro o‘zining KIA rusumli avtotransport vositasiga tumandagi Cho‘lmirzahamdam qishlog‘ida joylashgan ustaxonada metan gaz qurilmasini o‘rnattiradi. Biroq keyinchalik o‘rnatilgan qurilmada nuqsonlar mavjudligi ma’lum bo‘ladi.

Tuman jamiyati mutaxassisining joyiga chiqib, murojaat egasi va usta I.Abduqaxxorovlar ishtirokida o‘tkazgan o‘rganishida, haqiqatan ham mazkur ustaxonada fuqaroning avtomashinasiga 2021 yilning noyabr oyida metan gaz qurilmasi o‘rnatilganligi ma’lum bo‘ldi.

Fuqaroning aytishiga qaraganda, u avtomashinaga qurilma o‘rnatilgan kunning o‘zida Toshkent viloyatida joylashgan gaz to‘ldirish shohobchasiga kirib, avtomashinasiga gaz to‘ldirish jarayonida gaz to‘ldirishi jarayonida qurilmadagi gaz to‘ldirish krani va trubkalarida nosozliklarni payqagan. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach esa, ushbu masala ijobiy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.

O‘rganish doirasida ustaxona mas’ullariga amaldagi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni tegishli moddalari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Natijada avtomashinaning gaz qurilmasi soz holatga keltirilib, murojaatchiga topshirilishi erishilgan.

Diloram Mirzaeva
Bag‘dod tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment