Mahallalarda faollar ishtirokida muloqotlar o‘tkazilmoqda

Mahallalarda faollar ishtirokida muloqotlar o‘tkazilmoqda

Uchko‘prik tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari Federatsiya Ustavi bilan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yo‘nalishida ishlar olib borib, korxona va tashkilotlarda ishchi va xodimlar bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazish barobarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida aholi vakillari bilan ham uchrashib, ularga tizimda olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berib borishmoqda.

Shunday tadbirlardan biri tumandagi «Qurbonqashqar» mahalla fuqarolar yig‘inida tashkillanib, «Iste’molchi huquqi – qonun himoyasida» deb nomlandi. Unda mahalla ayollari faol ishtirok etdilar.

Dastlab ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar, sohada olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilarining murojaatlari o‘rganildi, ularning savollarga javoblar qaytarildi.

Oldinroq shunday tadbir tumandagi «Sariqo‘rg‘on» mahalla fuqarolar yig‘ini faollari ishtirokida ham o‘tkazilgandi.

Nargizaxon Sheralieva
Uchko‘prik tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment