Tuman jamiyati raisi ishtirokida brifing tashkillandi
Quva tumanida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Adxamjon Xamidov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda hududdagi tashkilotlardan vakillar va tuman gazetasi vakili ishtirok etdi.
Dastlab tuman jamiyati raisi A.Xamidovning “Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2021 yilda va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar” xususidagi axboroti tinglandi. Jamiyat raisi tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlarga qo‘shimcha sifatida mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati bilan ham qisqacha tanishtirib o‘tdi.
Tadbirning ikkinchi qismida ishtirokchilarning kun tartibidagi masala yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga javoblar ham qaytarildi.
Feruza Umurzaqova
Quva tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment