Shahar jamiyati brifing o‘tkazdi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tashabbusi bilan tashkillangan brifingda ijtimoiy-iqisodiy hayotning turli sohalarida faoliyat olib borayotgan keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida “Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2021 yilda va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar” xususida yig‘ilganlarga ma’lumotlar berib o‘tildi. Bundan tashqari, yig‘ilganlarni mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati bilan ham qisqacha tanishtirib o‘tildi.
Tadbirning ikkinchi qismida shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment