Tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan brifing tashkillandi

Tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan brifing tashkillandi

Rishton tuman hokimligi majlislar zalida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari tomonidan brifing tashkillandi. Unda tumandagi ayrim korxona, tashkilot va muassasa xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi.

Brifingda tuman jamiyatining o‘tgan yil davomida hamda joriy yilning o‘tayotgan 3 oyi davomida hududda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borayotgan ishlari yuzasidan axborot eshitildi.

Jamiyat bosh mutaxassisi Xusniddin Latipov tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi sa’yi-harakatlar xususida to‘xtalish barobarida, mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati, xususan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizim tashkilotlari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar xususida ham qisqacha axborotlarni berib o‘tdi.

Brifing yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan jamiyat raisiga yuzlanishdi.

Ma’mirjon Qurbonov
Rishton tuman IHHQ jamiyati xodimi

Post Comment