Marg‘ilon shahar jamiyati faoliyatidan

Marg‘ilon shahar jamiyati faoliyatidan

Ma’lumki, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini tizimli hal qilish samaradorligini oshirish maqsadida istemol.uz rasmiy saytida vertual qabulxona, respublika bo‘yicha yagona 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni va telegram messenjerida telegram bot (PotrebitelUz_bot) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuning bilan birgalikda fuqarolar o‘zlari yashab turgan hudud bo‘yicha respublikamizning tuman va shaharlarida faoliyat olib borayotgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlariga ham o‘zlarining yozma, og‘zaki va elektron murojaatlarini yuborishlari mumkin.

Shundan kelib chiqqan holda, Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari ham yuqori turuvchi idoralardan va boshqa tashkilotlardan tegishliligi bo‘yicha kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib hal qilish barobarida, shahar jamiyatiga tashrif buyurgan fuqarolarning ham murojaatlarini tegishli tartibda ko‘rib chiqib, ularni hal qilish chora-tadbirlarini ko‘rib bormoqdalar. Shuning barobarida, qo‘shimcha o‘rganishni talab qilmaydigan va Federatsiya faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga shahar jamiyatida tashkillangan «Iste’molchi bilan muloqot» huquqiy maslahatxonasi vositasida bepul huquqiy maslahatlar berilib, amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Xizmat taqozosi bilan shahar jamiyatiga tashrif buyurganimizda, fuqaro S.Rahimovning chet tillarni o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan Book One kitoblariga bergan buyurtmasi bo‘yicha shartnomada kelishilgan shartlar bajarilmaganligi sababli 600 000 so‘m pulini qaytarib olinishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati hal qilinib, fuqaro shahar jamiyati xodimlariga minnatdorchilik xati yozib berayotgan ekan. Shundan so‘ng, shahar jamiyati raisi A.No‘monov iste’molchi M.Azizov bilan suhbatlashdi. Fuqaroning so‘zlariga ko‘ra, u Hamroh kredit uyidan xonadonida foydalanish uchun 5 million 61 ming so‘mga muzlatgich sotib olgan, lekin muzlatgich muayyan vaqt ishlatilgach unda nuqsonlar yuzaga kelgan. Iste’molchi bilan suhbatdan so‘ng mazkur murojaat ham tegishli tartibda qayd qilinib, jamiyat raisi rezolyusiyasi bilan xodimga tegishli tartibda o‘rganib chiqib, hal qilinishi uchun topshirildi.

Shu orada shaharda istiqomat qiluvchi yana bir fuqaro P.Tillaboeva huquqiy maslahat so‘rab kelib qoldi. Mutaxassislar uni tinglagach, ushbu masalada ariza bilan murojaat qilinishi lozim bo‘lgan idoraning manzilini va ularga qanday bog‘lanishni tushuntirdilar hamda agar lozim ko‘rsa ushbu idoraga yozma ravishda murojaat qilishi uchun ariza yozilishida yordam ko‘rsatishlari mumkinligini ham aytib o‘tdilar. Fuqaro shu yerni o‘zida arizani yozib olishida yordam so‘ragach, jamiyat mutaxassisi fuqaroga yozma murojaat tayyorlanishida uslubiy yordamini ko‘rsatdi.

Shundan so‘ng, jamiyat raisi va mutaxassislaridan biri bilan rejada belgilangan tashkilotlarga targ‘ibot tadbirini o‘tkazishga chiqib ketdik.

Biz Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati faoliyatiga qisqagina nazar tashlab o‘tdik, xolos. Shahar jamiyati xodimlari yuqoridagi kabi ishlar bilan har kuni, har soatda band. Ularga esa bu boradagi ishlariga omad tilab qolamiz.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment