Tayanch guruhi a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Tayanch guruhi a’zolari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Margilon shahridagi Bolalar ctomatologiya poliklinikasida mehnat faoliyati olib borayotgan tibbiyot xodimlari ishtirokida «Iste’molchilarning huquqlari nimalardan iborat?» mavzusida o‘quv seminari tashkillandi. Unda Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari mavzu yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdilar.

Avvalo ushbu tibbiyot maskanida shahar jamiyatining tayanch guruhi faoliyat ko‘rsatib kelayotganligini e’tirof etib o‘tish joiz. Tashkillangan tayanch guruhi vositasida esa Federatsiya a’zolariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, sohaga oid yangiliklar muntazam ravishda yetkazib turiladi. Ularni tinglanib, kundalik turmush jarayonida iste’molchi sifatida duch kelayotgan muammolari o‘rganib boriladi va murojaatlari bo‘lsa tegishli ravishda qayd qilinib, ijroga olinadi.

Mazkur tadbir doirasida ham tayanch guruhi a’zolariga iste’molchi sifatidagi huquq va majburiyatlari yana bir tushuntirib o‘tildi, tayanch guruhi faollarining jamiyatimiz hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardagi, shuningdek, jamoatchilik nazorati tadbirlaridagi ishtiroki masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilarining savollariga shu yerning o‘zida javoblar qaytarildi va muammolarga duch kelinganda Federatsiya tomonidan iste’molchilar murojaatlari uchun yaratib qo‘yilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari ham ko‘rsatib o‘tildi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment