Pedagog xodimlar bilan uchrashuvlarda sohaga oid dolzarb masalalarda fikrlar almashilmoqda
Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi 10-umumta’lim maktabida pedagog xodimlarni iste’molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishga targ‘ib qiluvchi tadbir o‘tkazdilar.
Tadbir doirasida umumta’lim maktabi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi. Yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati yuzasidan alohida ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni mazkur harakat ishida faol ishtirok etishga chaqirildi. Shuning bilan birgalikda, Taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda hamkorlikni ko‘zda tutuvchi hududiy birlashma va xalq ta’limi boshqarmasi o‘rtasida imzolangan chora-tadbirlar rejasidagi tadbirlarni mazkur maktabda amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, iste’molchilik huquqlari buzilganda maxsus vakolatli davlat idoralariga, shuningdek Federatsiyaga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari hamda bu borada Federatsiya tomonidan iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi
Post Comment