Pedagog xodimlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi

Pedagog xodimlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazildi

Quvasoy shahridagi 13, 14 va 15 -umumta’lim maktablarida tashkillangan tadbirlar «Siz o‘z xuquqingizni bilasizmi» deb nomlandi. Unda mazkur umuta’lim maktablarining pedagog xodimlari ishtirok etdilar.

Davra suhbati shaklida tashkillangan ushbu tadbirlarda ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati vakili bo‘lgan Federatsiya va uning hududiy ijro etuvchi organlari faoliyati yuzasidan alohida ma’lumotlar berib o‘tilib, ularni mazkur harakat ishida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Shuningdek pedagog xodimlarga iste’molchilik huquqlari buzilganda maxsus vakolatli davlat idoralariga, shuningdek Federatsiyaga yozma, og‘zaki va elektron tarzda murojaat qilish tartiblari hamda bu borada Federatsiya tomonidan iste’molchilarga yaratilgan qulayliklar to‘g‘risida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Sherzodjon Mizamidinov
Quvasoy shahar jamiyati raisi

Post Comment