Tayanch guruhlari faoliyatini tashkillash yo‘lida
Federatsiyaning “Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi”ni o‘tkazish bo‘yicha topshirig‘ida nafaqat mavjud tayanch guruhlari holidan xabar olish, ular bilan ochiq muloqotlar o‘tkazish, shuningdek yangi tayanch guruhlari faoliyatini yo‘lga qo‘yib borish ham ko‘zda tutilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mas’ullari, tuman xalq ta’lim bo‘limi mas’ullari bilan birgalikda, hududdagi 36, 47, 49 va 50-umumta’lim maktablarida bo‘lishib, mazkur ta’lim umassasalarining pedagog xodimlari bilan ochiq muloqotlarni o‘tkazdilar.
Muloqotlarda Federatsiyaning amaldagi Ustavi bilan uning eng quyi tuzilmalari hisoblanuvchi tayanch guruhlariga belgilangan huquq va majburiyatlar, tayanch guruhi faollarining Federatsiya faoliyatida, shuningdek hududda jamoatchilik nazoratini olib borishdagi ishtiroki masalalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarilib, kundalik turmush jarayonida iste’molchilar sohasiga oid muammolarga duch kelinganda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari kuch va imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘l-yo‘riqlari bo‘yicha tushunchalar berildi.
Bu kabi tadbirlar tumandagi boshqa ta’lim maskanlarida ham tashkillanmoqda.
Jahongir Nishonboyev
Farg‘ona tuman jamiyati mutaxassisi
Post Comment