Bekor qilingan aviareys chiptasining puli fuqaroning turmush o‘rtog‘iga qaytarildi

Bekor qilingan aviareys chiptasining puli fuqaroning turmush o‘rtog‘iga qaytarildi

Bag‘dod tumani Govxona qishlog‘ida yashovchi fuqaro X.Xosiyatov tuman markazidagi aviakassadan Rossiya davlatiga uchish uchun bilet sotib oladi. Lekin o‘sha vaqtlarda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq karantin cheklovlari joriy qilinib, u chipta sotib olgan aviareys bekor qilinadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tib, cheklovlar biroz yumshatilishi ortidan fuqaroga Rossiyaga borish uchun imkoniyat paydo bo‘ladi, lekin foydalanilmagan aviachiptaning pulini tezda qaytarib olishiga ko‘zi yetmaganligi sababli, yana boshqa aviachipta sotib oladi va manzilga uchadi.

Shu kunlarda Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari tomonidan fuqarolarning aviachiptalar bilan bog‘liq masalalardagi murojaatlari, ularni hal qilinishi natijalaridan xabar topgan Xosiyatovning turmush o‘rtog‘i D.Xosiyatova ushbu masalada tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib ko‘rishga qaror qiladi.

Murojaatni tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida aviachipta Farg‘ona shahridan Rossiyaning Domodedovo aeroportiga uchish uchun 1 550 000 so‘mga sotib olinganligi va chiptadan haqiqatan ham uzrli sabablar bilan foydalanilmaganligi ma’lum bo‘ldi. Tuman jamiyati tomonidan aviakassa mas’ullariga tegishli tushuntirishlar berilib, iste’molchining qonuniy talablari qo‘yilgach, ushbu mablag‘ni D.Xosiyatovaga qaytarilishiga erishildi.

Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment