Raqam kiritishdagi bitta xato ortidan ishlar cho‘zilib ketgan
Fuqaro A.Ergashev suv hisoblash uskunasini qiyoslovdan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazi (DXM)ga ariza beradi, ariza onlayn tarzda “Farg‘ona suv ta’minoti” MChJ Marg‘ilon shahar filialiga yuborilganidan so‘ng mutaxassislar tomonidan suv hisoblash uskunasi qiyoslovdan o‘tkazish uchun xonadondan yechib olib ketilgan. Lekin …
Fuqarolarning murojaatini o‘rganib chiqish, hal qilish va rasmiy javob berilishi bo‘yicha normalar alohida qonun bilan tartibga solingan bo‘lsada, negadir A.Ergashevning murojaati bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan cho‘zilib ketgan. U suv ta’minoti tashkilotining Marg‘ilon shahar filialiga bir necha bor murojaat qilib, suv hisoblash uskunasi qiyoslovdan o‘tkazilib berilavermagach, Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga muammoni hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaatni shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi jarayonida iste’molchi DXMga ariza qoldirayotgan vaqtda, o‘zidan xatolik o‘tganmi yoki ma’lumotlarni kiritayotgan xodimning xatosi bo‘lganmi, iste’molchining manziliga biriktirilgan hisob raqam kompyuter bazasiga noto‘g‘ri kiritilib qolganligi, mazkur hisob raqam esa boshqa xonadonga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Natijada tushunmovchiliklar kelib chiqib, ishlarni bajarish cho‘zilib ketgan.
O‘rganish jarayonida ushbu holatlarga aniqlik kiritilib, tushunmovchiliklar bartaraf etildi hamda hisoblagich qiyoslovdan o‘tkazilib, xonadonga olib kelib o‘rnatib beriladigan bo‘ldi.
Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Post Comment