Qarzdorlik masalasiga oydinlik kiritib berildi
Farg‘ona tumanida istiqomat qiluvchi H.Valijonovning Federatsiya 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatida gaz ta’minoti idorasi tomonidan uning xonadoniga asossiz qarzdorlik hisoblanayotgani ma’lum qilinib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgan.
Iste’molchiga ko‘ra, gaz idorasi tomonidan uning xonadonini tabiiy gaz iste’molidan 1010160 so‘m qarzdorligi mavjudligi ma’lum qilinib, qarzdorlikni bartaraf qilinishi so‘ralgan. Iste’molchining xonadoniga o‘rnatilgan ASKUG gaz hisoblagich uskuna ko‘rsatkichlari bo‘yicha esa ularning 400 ming so‘m atrofida haqdorliklari mavjud.
Murojaatni o‘rganish jarayonida bu masalada tuman gaz idorasidan rasmiy javob xati olindi (22.11.2022 y. №4601/718). Unda xonadonga yangi, zamonaviy gaz hisoblagich o‘rnatilganligi, lekin eski gaz hisoblagichdan 153140 so‘m qarzdorlik qolib ketganligi, 1010160 so‘m qarzdorlik esa noreal qarzdorlikligi va xatlov asosida hisobdan chiqarilishi, xonadondagi yangi gaz hisoblagich ko‘rsatkichlari bo‘yicha iste’molchining 376580 so‘m haqdorligi mavjudligi ma’lum qilindi.
Farhodjon Rasuljonov
Farg‘ona tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment