Nuqsonli tovarning puli qaytarildi

Nuqsonli tovarning puli qaytarildi

Oltiariq tumani G‘ayrat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi N.Saloxiddinova tuman markazidagi Dehqon bozori hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan do‘kondan xarid qilingan mobil telefon apparati nosoz chiqqanligi sababli pulini qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Murojaat o‘rganilganda iste’molchining vajlari asosli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan sotuvchiga uchrashilib, «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonuni talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

O‘rganish davomida iste’molchi nuqsonli mobil telefonni sotuvchiga berib, pulini to‘liq qaytarib oldi.

Federatsiyaning 1091 raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaatim Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal qilib berildi. Murojaatim bo‘yicha hech qanday e’tirozim yo‘q,deydi N.Salohiddinova.

Dilobar Dadaxonova
Oltiariq tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment