Farg‘ona politexnika institutida OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona politexnika institutida OAV vakillari uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim dargohida tashkillangan tadbir «2023/2024-o‘quv yili uchun Farg‘ona politexnika institutining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga qabul» mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir avvalida u har yili mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanadigan «Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» arafasida tashkillanganligi e’tirof etilib, institut rahbariyati tomonidan unda ishtirok etayotgan OAV vakillariga institut bilan olib borilayotgan hamkorlik uchun minnatdorchilik izxor qilindi.

Tadbir doirasida oliygoh rektori O‘.R.Salomovning «Joriy o‘quv yili qabul jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha oliygohda qilinayotgan ishlar» to‘g‘risidagi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Jamoliddin Kambarovning «2023/2024-o‘quv yili uchun institutda ochilgan yangi yo‘nalishlar va kvotalar haqida»gi, Qabul komissiyasi mas’ul kotib muovini R.Mirsharipovningning «Intitutda qabul jarayonlari uchun tashkil etilgan «Call center» va «Maslahat markazi faoliyati haqida»gi axborotlari tinglandi. Shundan so‘ng oliygoh rahbariyati jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarib, ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tdilar.

Tadbirning ikkinchi yarmida «Qabul komissiyasi faoliyati bilan tanishish» uchun press-tur o‘tkazilib. tadbir ishtirokchilariga ushbu jarayonlar yaqindan tanishtirildi. Anjuman ishtirokchilarida bu yerda yaqinginada tashkil etilgan «Institut tarixi muzeyi» bilan tanishuv ham katta taassurot qoldirdi.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment