Hududiy birlashma Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahridagi «Nodavlat notijorat tashkilotlari uyi»da O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Federatsiya Kengashining 2024 yil 29 yanvar kunidagi majlisi qarorlari bilan belgilab berilgan vazifalar, hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlarining 2023 yil faoliyat yakunlari, hududiy tashkilotlar tomonidan amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalar muhokamalari o‘tkazilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida tegishli qarorlar qabul qilindi. Shuningdek, Kengash o‘zining 2023 yil faoliyati yakunlarini tahlil qilib, joriy 2024 yil uchun ish rejasini ham tasdiqlab oldi.
Kengash yig‘ilishi doirasida faoliyatga oid boshqa tashkiliy va joriy masalalar ham ko‘rib chiqilgach, u o‘z ish faoliyatini yakunladi.
Ma’lumot uchun:
Amaldagi Federatsiya Ustaviga muvofiq, Kengash yig‘ilishlari har chorakda kamida bir marotaba, shuningdek zaruratdan kelib chiqqan holda navbatdan tashqari tarzda chaqirilishi mumkin. O‘tgan 2023 yilda hududiy birlashmaning 4 ta navbatdagi va 2 ta navbatdan tashqari yig‘ilishlari o‘tkazilgan.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment