Oliy ta’lim dargohida matubot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim dargohida matubot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida «Kecha, bugun, ertaga” mavzusida matbuot anjumani hamda Press-tur bo‘lib o‘tdi. Anjumanida, viloyatimizda faoliyat olib boruvchi jurnalist, bloger hamda boshqarmalarning axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Anjumanda oliygoh direktori Farrux Muxtarov talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi muhim vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari uchun filialning zamonaviy kiberxavfsizlik markazi, murakkab jarayonlarni modellashtirish ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, student office, madaniyat saroyi hamda axborot-resurs markazi bilan tanishtirildi, keng jamoatchilik vakillari bu haqida xabardor qilindi.

Matbuot anjumani, press tur davomida OAV vakillari mas’ullarimizdan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

TATU Farg‘ona filiali Axborot xizmati

Post Comment