Sotuvchi iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplab berdi

Sotuvchi iste’molchiga yetkazilgan zararni qoplab berdi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Furqat tumanida yashovchi fuqaro B.A.ning shahardagi savdo do‘koni xizmatlaridan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatchiga ko‘ra, u joriy yilning 11 fevral kunida shahardagi savdo do‘konlaridan biridan 216 200 so‘mlik xaridlarni amalga oshirgan. Lekin kassa oldida xaridlarni hisoblash vaqtida mahsulotlardan ayrimlarini narxlari vitrinada ko‘rsatilganidan boshqacharoq hisoblanayotganidan norozilik bildirgach, u bilan sotuvchi o‘rtasida ziddiyatli holat kelib chiqqan, bu ham yetmaganday do‘kondan qaytgach kassadan o‘tkazilgan mahsulotlardan bittasi qolib ketganligi ma’lum bo‘lgach u Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Shahar jamiyati mutaxassislari ushbu holat bo‘yicha tezkorlikda sotuvchi bilan bog‘lanib muammoli vaziyatga oydinlik kiritdilar. Sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Shundan so‘ng sotuvchi iste’molchi bilan bog‘lanib, undan yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘radi hamda unga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplab berdi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment