Qo‘shtepa tuman hokimi «Iste’molchilar kutubxonasi» faoliyati bilan tanishdi

Qo‘shtepa tuman hokimi «Iste’molchilar kutubxonasi» faoliyati bilan tanishdi

Ma’lumki, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi “Iste’molchi kutubxonasi” loyihasi doirasida respublikamizning turli viloyatlaridagi tuman va shaharlarda shu nomdagi kutubxonalar bunyod etilgan va bu ishlar bugungi kunda ham davom ettirilmoqda. Shunday kutubxonalar biri Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida ham bunyod etilib, 2020 yilning noyabr oylarida foydalanishga topshirilgan va shu vaqtdan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Bugun, 15-mart «Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» arafasida, Qo‘shtepa tumani hokimi Anvarjon Alievich Abdullaev ushbu kutubxonaga tashrif buyurib uning ish faoliyati bilan tanishdi. Tuman jamiyati raisi Ma’rifatxon Saidova tuman hokimiga mazkur kutubxonani bunyod qilinishi tarixi, uning kitob fondi, elektron kutubxona va uning imkoniyatlari, bu yerda yaratilgan sharoitlar, uning foydalanuvchilari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tib, jamiyatning ushbu yo‘nalishdagi istiqboldagi vazifalari xususida ham so‘zlab berdi.

Tuman hokimi kutubxona faoliyati bilan tanishuvi davomida uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

Ma’rifatxon Saidova,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment