Ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) muddatlarini shartnomada ko‘rsatilganidan kechiktirish salbiy oqibatlarga olib keladi

Ish bajarish (xizmat ko‘rsatish) muddatlarini shartnomada ko‘rsatilganidan kechiktirish salbiy oqibatlarga olib keladi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Moturidiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi D.I.ning ustalar tomonidan mebelni ta’mirlab berish ishlari paysalga solib kelinayotganligi, masalani ko‘rib chiqilib hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilingan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, yumshoq mebel 30 kun ichida ta’mirlab berilishiga kelishilgan bo‘lsada, oradan 2 oyu 10 kun o‘tsa hamki buyurtma berilmagan. Kamiga iste’molchidan 1 300 000 so‘m miqdorida qo‘shimcha to‘lov ham olingan.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli bo‘lib, ish bajarishni boshlash va tugallash kechiktirilgan taqdirda, iste’molchida ijrochidan har bir kechiktirilgan kun uchun buyurtma qiymatini bir foizi miqdorida neustoyka (penya) undirib olish huquqi vujudga keladi.

Murojaatni o‘rganilishi jarayonida mebelsoz ustalar bilan qonunchilikning yuqoridagi talablari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgach, masalani iste’molchi foydasiga hal qilinib, unga 1 300 000 so‘m pulini qaytarilishiga erishildi.

Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment