Iste’molchiga suyultirilgan uglevodorod gaz balloni yetkazib berildi

Iste’molchiga suyultirilgan uglevodorod gaz balloni yetkazib berildi

Farg‘ona tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumandagi “Xo‘roba” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi O.I.ning suyultirilgan uglevodorod gazi yetkazib berishdagi muammo yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Fuqaro murojaati o‘rganilganda iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlar tasdig‘ini topdi. Bu borada tuman gaz idorasiga aloqa xati kiritilib, murojaatni o‘rganish davomida tuman gaz idorasi mas’ullari bilan hamkorlikda iste’molchiga belgilangan talablar asosida gaz balloni yetkazib berilishi ta’minlandi. O‘rganish ishlari doirasida taraflarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi talablari targ‘iboti o‘tkazildi.

Abror Isaqov.
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment