Iste’molchini qiynab kelgan muammo bartaraf etildi

Iste’molchini qiynab kelgan muammo bartaraf etildi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «2-Bag‘dod» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi D.I.ning 3 916 000 so‘mga xarid qilingan gaz plitasi nuqsonli chiqqanligi va uni almashtirib berilishi yuzasidan sotuvchiga qilgan murojaati bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ko‘rilmasdan, ishlar paysalga solib kelinayotganligi to‘g‘risidagi og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida tuman markazidagi savdo do‘konlariningi biridan xarid qilingan Premier rusumidagi mazkur gaz plitasi xonadonga olib kelib foydalanib ko‘rilganda uning pastki qismi (duxovkasi)da nuqson aniqlangani, ya’ni duxovkasi yaxshi ishlamaganini, sotuvchiga bu borada murojaat qilganini, ular servis markaziga ko‘rsatamiz, deb ishlarni paysalga solib kelishayotganligini ma’lum qiladi.

O‘rganishda iste’molchi tomonidan keltirilgan vajlar isbotini topgach, tuman jamiyati xodimlari sotuvchi bilan uchrashib, unga amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib bordilar. Qonun talablarini bajarmaslik keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarni to‘g‘ri anglab yetgan sotuvchi nuqsonli tovarni xuddi shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirib berishni ma’qul ko‘rdi.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment