Nuqsonlari mavjudligi da’vo qilingan muzlatgich maqbul sifatdagisiga almashtirib berildi
Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning Muqimiy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi M.J.ning 10 800 000 so‘mga xarid qilingan muzlatgichning nuqsonli chiqqanligi va uni sifatlisiga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, joriy yilning 3-yanvar sanasida xarid qilingan Artel rusumidagi muzlatgichni xonadonga keltirib foydalanish davomida muzlatish jarayoni talab darajasidamasligi kuzatilgan. Nuqsonlari mavjudligi vaji va uni boshqasiga almashtirish talabi bilan sotuvchiga qilingan murojaat esa qanoatlantirilmagan.
Tuman jamiyati xodimlari murojaatni o‘rganish jarayonida savdo do‘koni mas’ullari bilan uchrashib, ularga yuzaga kelgan holatda qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borganlaridan so‘ng o‘rganish ishlari davomida nuqsonlari mavjudligi da’vo qilingan muzlatgichni xuddi shu rusumdagi boshqa maqbul sifatdagisiga almashtirilishiga erishildi.
Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment