«Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni»ga bag‘ishlab targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Har yili «15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni» arafasida, o‘zining dunyodagi turdosh tashkilotlari qatori, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tashkilotlari tomonidan joylarda turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkillanishi odat tusiga kirib qolgan. An’ana ko‘ra, Rishton tumanida ham shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Tumandagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida tashkillangan mazkur tadbirda ishtirokchilarga dunyoda iste’molchilik ijtimoiy harakatining vujudga kelishi va taraqqiyoti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan e’tirof etilishi, dunyo mamlakatlarida, xususan O‘zbekiston Respublikasi bu boradagi qonunchilikni shakllanishi, bugungi holati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari faoliyati haqida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati va uni yanada rivojlantirish borasidagi fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Husniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment