Ta’lim tashkiloti xodimlari bilan muloqotlar davom etmoqda
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan jamiyatning 2025 yilga mo‘ljallangan asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi asosida shahar hududidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimli asosda davom ettirilmoqda. Shahardagi 4-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida ham shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.
Asosiy maqsadi tashkilot xodimlarining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyati oshirishdan iborat bo‘lgan mazkur tadbirda, tarbiyachilarning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi so‘nggi yangiliklardan xabardorligi ta’minlandi .
Tadbir doirasida ta’lim muassasasi xodimlarining kundalik turmush jarayonida iste’molchi sifatida duch kelayotgan turli muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari hamda mazkur muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflari tinglanib, ular tomonidan berilgan savollarga jamiyat mutaxassislari tomonidan javoblar qaytarildi.
Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment