Yozyovonda tibbiyot sohasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Yozyovonda tibbiyot sohasi xodimlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi

Yozyovon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika xodimlari hamda Tibbiyot birlashmasi tasarrufidagi oilaviy poliklinikalar va oilaviy shifokorlik punktlari mudirlari ishtirokida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, qonunga ko‘ra iste’molchilar huquqlari va xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari, qonunchilik ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining o‘rni va ahamiyati, Federatsiya va uning hududiy tashkilotlari tomonidan yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tildi.

Tadbirlar doirasida sohaga oid amaldagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda ijtimoiy harakat hamda tibbiyot tizimi tashkilotlari o‘rtasida olib boriladigan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalarida fikr-mulohaza hamda takliflar bildirib o‘tilib, uning yakunlariga ko‘ra tibbiyot xodimlarining iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilishda yaqindan hamokrlik olib borishga kelishib olindi.

Shavkatjon Saidov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment