Tibbiyot muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda

Tibbiyot muassasalarida jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi topshirig‘i asosida Buvayda tumani hududida faoliyat yuritayotgan sog’liqni sallash tizimiga qarashli davlat va xususiy tibbiyot muassasalari (shifoxona, klinika, poliklinikalar) hamda davolanish (sanatoriya, profilaktoriya, salomatlik markazlari) maskanlari tomonidan aholiga (iste’molchilarga) ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinishi holatlari jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.

Jamoatchilik nazorati tartibidiga o‘rganishlar davomida O’zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida»gi, «Fuqarolar sog’ligini saqlash to‘g‘risida»gi, «Aholining sanitar-epidemiologik osoyishtaligi to’g’risida»gi, «Reklama to‘g‘risida»gi qonunlari hamda sohaga oid boshqa qonunosti me’yoriy hujjatlari talabalari ijrosini ta’minlanishi holatlari o‘rganilib, uning yakunlari bo‘yicha ma’lumotlarni tegishli idoralarga kiritilishi belgilangan.

Post Comment