Oltiariqdagi yana bir tibbiyot muassasasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Oltiariq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan hududdagi tibbiyot tashkilotlari xodimlari bilan uchrashib, ularga iste’molchilarga xizmatlar ko‘rsatish jarayonida qonunchilik talablari ijrosini ta’minlash, qonunchilik bilan xizmat ko‘rsatuvchiga yuklatilgan majburiyatlarni to‘laqonli ado etish borasidagi targ‘ibot va tushuntirish ishlari tumandagi Katput oilaviy shifokorlik punktida ham olib borildi.
Targ‘ibot tadbirining asosiy maqsadi bo‘lgan mamlakatimizning iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchiligi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berish barobarida, kundalik turmush jarayonida tibbiyot xodimlarining o‘zlari ham iste’molchi ekanligi, huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
O‘tkazilgan muloqot davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldilar. Tuman jamiyati bu boradagi targ‘ibot tadbirlarini davom ettirmoqda.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment