Iste’molchining sakkiz yarim million so‘m harajati qoplab berildi

Iste’molchining sakkiz yarim million so‘m harajati qoplab berildi

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Soykeldi» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Yu.A.ning xonadoni tomiga yopish uchun 7 500 000 so‘mga sotib olgan shiferlarni tomga yopilganidan ma’lum vaqt o‘tib yorilib ketayotganligi, masalani o‘rganib chiqib sifatsiz shiferlarni almashtirish va ko‘rilgan zararni qoplanishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida 2023 yil dekabr oyida tuman hududidagi Yog‘och bozoridan 150 dona shiferlarni har birini 50 000 so‘mdan, jami 7 500 000 so‘mga, 5 yillik kafolat muddati bilan sotib olib qo‘yganligini, joriy yilning aprel oyiga kelib shiferlarning 100 tasini ustalar yordamida tomga yopganliklari, lekin oradan hech qancha vaqt o‘tmasdan shiferlarning 20 tasi tomda turgan holatida yorilib ketganligini, shiferlarni sotgan sotuvchi A.X. hozirda chet elga ishlash uchun ketganligi sababli, kafolat taloni orqali «Quvasoy eko shifer» korxonasi dillerlari bilan bog‘langanlarida yorilib ketgan 20 ta shifer almashtirib berilishi aytilganligini ma’lum qilib, masalani qonuniy o‘rganib chiqilib hal qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Murojaat o‘rganilishi davomida holat bilan joyida tanishilganda yorilgan shiferlar soni 25 taga yetganligi kuzatildi. Yuzaga kelgan holat yuzasidan korxona dillerlari bilan bog‘lanilib, muzokaralar olib borildi. Murojaat o‘rganilishi jarayonida iste’molchi tomonidan xarid qilingan 150 dona shiferlarning barchasini almashtirib berilishi hamda iste’molchi tomonidan qilingan 1 000 000 so‘m harajatni qoplab berilishiga erishildi.

Adxamjon Xamidov,
tuman jamiyati raisi.

(fotolar iste’molchi tomonidan o‘rganishga taqdim qilingan)

Post Comment