Marg‘ilonda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tayanch guruhlar faollari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)lar faollarining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi vazifalar ijrosini ta’minlash yo‘nalishidagi ishlar davom ettirilib, shahardagi 13-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ham targ‘ibot tadbiri tashkillandi.
Tadbirda Federatsiya faollariga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik sohasidagi yangiliklar, iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, tizim tashkilotlari tomonidan iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash natijalari, davlat nazorati idoralari bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalaridagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan axborotlar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida ishtirokchilarning sohaga oid fikr-mulohaza hamda takliflari ham tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi..
Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
Post Comment