Qo‘shtepada targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Qo‘shtepada targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda

Federatsiya tashabbusi bilan hududlardagi tibbiyot muassasalarida joriy yilning iyun-avgust oylari davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejalari ishlab chiqilib, ijroga qaratilgan. Mazkur rejaga asosan Qo‘shtepa tumanidagi bir qator tibbiyot muassasalarida ham shu kabi tadbirlarni o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Tuman jamiyati tomonidan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada «Iste’molchilar xuquqlari qonun himoyasida» mavzusida tashkillangan davra suhbati shunday tadbirlardan biri bo‘lib, uning doirasida mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda, qonunchilik ijrosi ustidan samarali jamoatchilik nazorati olib borilishida va aholining huquqiy bilimi hamda iste’mol madaniyatini oshirishda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlikning ahamiyati, iste’molchilik ijtimoiy harakatining o‘rni va roliga alohida urg‘u berib o‘tilib, tibbiyot xodimlarini iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida faol ishtirok etishga chaqirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning savollariga javoblar qaytarilib, ularning sohani yanada rivojlantirish borasidagi qo‘shimcha taklif va mulohazalari ham tinglandi.

Hakimjon Hayitov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment