Oldi-sotdi jarayonida sotuvchi tovarni ishlatib ko‘rsatishi, undan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi shart

Oldi-sotdi jarayonida sotuvchi tovarni ishlatib ko‘rsatishi, undan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatishi shart

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Farg‘ona tumanilik S.Sh.ning bozordan xonadoni ehtiyoji uchun oddiygina sovutgich tipida ishlaydigan muzlatgich xarid qilmoqchi bo‘lgani, lekin 5 200 000 so‘mga sotib olingan muzlatgichda me’yordan ortiqcha sovutish holati kuzatilayotgani xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, xonadoniga odatiy sovutgich tipida ishlaydigan, ya’ni refrijerator tipidagi muzlatgich xarid qilish niyatida kelgan xaridorga o‘ta kuchli sovutish xususiyatiga ega bo‘lgan, frizer tipidagi muzlatgich sotib yuborilgan. Undan foydalanish jarayonida o‘zini aldangan his qilgan xaridor maishiy texnikani oilasining hohish istagida bo‘lgan maishiy texnikaga almashtirilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Amaldagi qonunchilikda iste’molchining noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablari sotib olingan tovar (ish, xizmat)ning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi, degan norma mavjud. Shu nuqtai nazardan ham qonunda sotuvchiga tovarni ishlatib ko‘rsatish, undan xavfsiz va to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatish kabi majburiyatlar yuklatilgan. Iste’molchi murojaatini o‘rganishda sotuvchi bilan ushbu holatlar yuzasidan muzokaralar olib borildi. Uning yakunlariga ko‘ra esa sotuvchi frizer tipidagi muzlatgichni refrijerator tipidagi muzlatgichga almashtirib berib iste’molchi muammosini bartaraf qilishga qaror qildi.

Saidxon Xapizov,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(foto sun’iy intellekt yordamida yaratilgan)

Post Comment