Rossiyaga kirish uchun taqiqi borligi sabab parvozi qoldirilgan iste’molchining chipta uchun to‘lagan puli qaytarib olindi
Rishton tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Quyi Avazboy» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi S.U.ning unda Rossiyaga kirish uchun taqiq aniqlangandan so‘ng aviachiptani sotuvchiga qaytargan bo‘lsada, chipta uchun to‘langan 3 544 000 so‘m pulini qaytarib ololmayotganligi xususidagi murojaati o‘rganildi.
Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tuman hududidagi «Rishton parvoz trans» MChJga qarashli bo‘lgan aviachiptalarni sotish shoxobchasidan joriy yilning 3 may kunida O‘sh (Qirg‘iziston) – Blagoveshensk (Rossiya) yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilish uchun aviachipta sotib olgan. Biroq 2025 yilning 2 may kunida aeroportga kelgan iste’molchiga unda Rossiya davlatiga kirish uchun taqiq borligi ma’lum qilingan va uzrli sabab bo‘lgani bois chipta uchun to‘langan pulni qaytarib olishi mumkinligi va buni yo‘l-yo‘riqlari tushuntirilgan. Lekin iste’molchi o‘z sa’y-harakatlari bilan chipta pulini qaytarib olishni uddasidan chiqa olmagach Rishton tuman jamiyatiga ushbu masalada amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat o‘rganilishi davomida tuman jamiyati aviachiptalarni sotish shoxobchasi rahbariyati nomiga so‘rov xati kiritib, yuzaga kelgan holat va unda iste’molchining huquqlari va sotuvchi majburiyatlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. So‘rov xati sotuvchi tomoni mas’ullari tomonidan o‘rganib chiqilgach esa yuzaga kelgan vaziyatda iste’molchining haqligidan kelib chiqib, unga chipta uchun to‘langan pulni to‘lig‘icha qaytarishga qaror qilindi. O‘rganish yakunlari bilan pullarini qaytarib olgan iste’molchi S.U. tuman jamiyati mutaxassislariga o‘z minnatdorchiligini izxor qildi.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlangan)
Post Comment