Iste’molchining o‘ttiz uch million so‘mlik muammosi bartaraf qilindi

Iste’molchining o‘ttiz uch million so‘mlik muammosi bartaraf qilindi

Beshariq tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida istiqomat qiluvchi E.U.ning Beshariq tumanida faoliya olib borayotgan korxonadan 33 000 000 so‘mga xarid qilingan g‘isht ishlab chiqarish apparatidan ko‘zlangan maqsadda foydalana olmayotganligi xususida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, xom g‘isht mahsulotini tayyorlab beruvchi uskuna (jixoz) 2025 yilning 15 mart kunida tuman hududida faoliyat olib borayotgan «Texnologiya olami» MChJda ishlab chiqarilgan bo‘lib, uskunaga bir yillik kafolat muddati belgilangan. Iste’molchi uskunani olib ketishidan oldin uning ishlash jarayoni, xavfsizlik texnikasi hamda bevosita mahsulot tayyorlanishi jarayoni bilan tanishtirilgan. Lekin keyinchalik undan foydalanishi jarayonida uskunaning loy aralashtirgich qismi yaxshi ishlamay qolganida, ishlab chiqaruvchi tavsiya asosida uni olib tashlab foydalanganida loy kesadigan uskuna singan. Ishlab chiqaruvchidan bu borada olingan qo‘shimcha tavsiyalarni qo‘llab ko‘rish jarayonida dvigatelning ortiqcha kuchanib ishlashi natijasida qizib ketishi kuzatilgach, yana qo‘shimcha muammolar kelib chiqmasligi uchun undan foydalanishni to‘xtatgan.

Murojaatni o‘rganilishi jarayonida tuman jamiyati tomonidan ishlab chiqaruvchi korxonaga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan aloqa xati kiritildi. Korxona tomonidan taqdim qilingan javob xatida korxona vakili iste’molchi yashash manziliga tashrif buyurib, texnik nosozliklar sabbalarini o‘rganilganligi, almashtirilshi lozim bo‘lgan qismlar qaytadan montaj qilib yangisiga almashtirilganligi, iste’molchi ishtirokida tekshirilib, unga soz holatda topshirilganligi ma’lum qilindi.

Xamidjon Axmedov,
tuman jamiyati raisi.

(foto sun’iy intellekt yordamida yaratilgan)

Post Comment