Tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida tashkillanayotgan tadbirlar davom etadi
Farg‘onada Federatsiyaning tizim tashkilotlari tomonidan sog‘liqni saqlash muassasalarida iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish masalalarida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasiga asosida mazkur tashkilotlarning ishchi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar shaklida tashkillangan targ‘ibot tadbirlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.
Yozyovon tumani
Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi 35-oilaviy poliklinikada «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, uning davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.
Qo‘shtepa tumani
Tuman iste’molchilar hukuklarini himoya kilish jamiyati tomonidan 85-oilaviy poliklinikada tashkillangan tadbir «Iste’molchilarning savodxonligini oshirish» deb nomlanib, muloqot davomida poliklinika xodimlariga iste’molchilarga tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatuvchi bo‘lish bilan bir qatorda, kundalik turmush jarayonida, o‘zlari ham iste’molchi ekanliklari, shu nuqtai nazardan bu boradagi qonunchilikka hurmat bilan yondoshish, o‘z huquqlarini bilish qatorida majburiyatlarini ham unutmaslik kabi masalalarda fikrlar bildirib o‘tilib, ularning sohaga oid takliflari tinglandi hamda savollariga javoblar qaytarildi.
Post Comment