Beshariq va Qo‘shtepada tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazildi
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tashkilotlari tomonidan davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi targ‘ibot tadbirlari rejali asosda davom ettirilmoqda. Beshariq hamda Qo‘shtepa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari tomonidan tibbiyot xodimlari bilan yuzma-yuz muloqotlar shaklida tashkillangan tadbirlar shular jumlasidandir.
Beshariq tumani
Tuman jamiyati tashabbusi bilan 12-oilaviy poliklinika xodimlari ishtirokida «Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida» mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida tibbiyot xodimlarining turli sohalar va yo‘nalishlardagi yechimini kutayotgan muammolarini hal etish masalasida huquqiy maslahatlar berilib, ijobiy yechim topishga erishildi. Shuningdek, tibbiyot xodimlarining iste’mol sohasiga oid bo‘lgan hamda qo‘shimcha o‘rganishni talab qiluvchi murojaatlari tuman jamiyati tomonidan o‘rganib chiqib, hal qilinishi uchun ro‘yxatga olindi.
Qo‘shtepa tumani
Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumandagi Loyson oilaviy shifokrlik punktida “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik maqsadi va vazifalari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazilib, uning davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik hamda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.
Post Comment