Iste’molchining suv nasosidagi nuqson bepul bartaraf etib berildi

Iste’molchining suv nasosidagi nuqson bepul bartaraf etib berildi

Dang‘ara tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shu tumanda istiqomat qiluvchi M.K.ning shartnoma qiymati 2 442 372 so‘m bo‘lgan suv nasosini muddatli to‘lov shartlarida xarid qilgani va undan foydalanishi davomida nuqsonlar aniqlangani holati yuzasidan Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha EPA rusumli suv nasosi joriy yilning mart oyi o‘rtalarida tumandagi «Universal» kredit savdo do‘konidan kafolat muddati bilan xarid qilingan bo‘lib, undan keyinchalik foydalanishi jarayonida yaxshi ishlamay qolgan. O‘z e’tirozlari bilan sotuvchiga murojaat qilib biror natijaga erisha olmagach, shu yil 17 iyul kuni Federatsiya ishonch telefoniga murojaat qilib, masalaning qonuniy yechim topishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, tovar xarid qilinganidan so‘ng kafolat muddati ichida nuqsonlar aniqlansa hamda ushbu nuqsonlar iste’molchining aybi bilan kelib chiqmagan bo‘lsa, sotuvchi iste’molchi tomonidan qo‘yilgan qonuniy talablarni belgilangan muddatlar ichida bepul bartaraf etib berish choralarini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Aks holda, sotuvchi tomoniga qonunda belgilab qo‘yilgan muddatlardan o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun tovar bahosining bir foizi miqdorida neustoyka (penya) to‘lash majburiyati yuklatilishi mumkin.

O‘rganish ishlari davomida sotuvchi tomoniga bu borada berilgan tushuntirishlar kor qilib, suv nasosidagi nuqsonni tez muddatlarda bepul bartaraf etib berish hamda iste’molchining qo‘liga soz holatda topshirish ishlari amalga oshirildi.

Raufjon Tuychiyev,
jamiyat mutaxassisi.

(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)

Post Comment