Skuterdagi nosozlik bepul bartaraf etib berildi

Skuterdagi nosozlik bepul bartaraf etib berildi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Rishton tumanilik G.A.ning Bag‘dod tumanida faoliyat olib boruvchi savdo do‘konidan 4 668 000 so‘mga sotib olingan skuterda nuqson aniqlangani sababli sotuvchiga bu borada qilingan murojaatlardan natija bo‘lmayotganligi xususida O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, pedalli skuter «Dunyo» kredit savdo do‘konidan oyiga 389 000 so‘mdan to‘lab borish hamda shartnoma qiymatini bir yil davomida bo‘lib to‘lab berish shartlarida xarid qilingan. Kredit shartnomasi murojaat egasining onasi B.B.ning nomiga rasmiylashtirilgan bo‘lib, iste’molchi haqiqatan ham sotuvchiga nuqson aniqlangan skuterni ta’mirlab berish yoki buning iloji bo‘lmagan taqdirda boshqasiga almashtirish talabi bilan murojaat qilgan. Lekin uning mazkur talablari qanoatlantirilmagan.

Murojaatni o‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borildi. Yuzaga kelgan holatda iste’molchi va sotuvchining huquq va majburiyatlari tushuntirildi. Olib borilgan ishlar natijasi bilan sotuvchi tomonidan skuterdagi nosozlik bartaraf etib berilishi hamda iste’molchiga soz holatda topshirilishiga erishildi.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)

Post Comment