Farg‘ona tumanida maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tumanida maktabgacha ta’lim sohasi xodimlari bilan muloqotlar o‘tkazilmoqda

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlari bilan uchrashib, ularga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bormoqdalar. Jamiyat mutaxassislari tomonidan tumandagi 39 va 40-maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Tadbirlar «Iste’molchilar huquqlari – qonun himoyasida» umumiy nomi ostida o‘tkazib borilayotgan bo‘lib, ularda amaldagi qonunchilik targ‘iboti bilan birgalikda, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, qonun ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalari, jamoatchilik nazorati tadbirlari va ularning yakunlari, shuningdek mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatini xalqaro aloqalarni keng yo‘lga qo‘yish va ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy qilish vositasida rivojlantirish boarsida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib borilmoqda.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarning sohaga oid savollariga javoblar qaytarish, shuningdek ularning qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlarini tegishli tartibda qabul qilib olib, ularni hal qilib borish ham ko‘zda tutilgan.

Abror Isaqov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment