O‘rganishlar davomida iste’molchida qarzdorlik mavjud emasligi ma’lum bo‘ldi
Toshloq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Furqat» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.T.ning xonadonidagi mavjud tarmoq orqali ichimlik suv iste’moli to‘lovlarini to‘lab kelayotgan bo‘lsada, “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ Toshloq tuman filiali tomonidan 2 500 000 so‘m qarzdorlik hisoblanganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganildi.
O‘rganishda murojaatchi ta’kidlaganidek, xonadonga ichimlik suvi uchun suv hisoblagich uskunasi o‘rnatilgan va ishchi holatda. Fuqaro ishlatilgan suv haqqini o‘z vaqtida to‘lab kelmoqda va buning asoslari iste’molchida mavjud bo‘lishiga qaramay filial mutaxassislari 21.07.2025 yil kuni uning ichimlik suvidan 2 500 000 so‘m qarzdor ekanligini aytishgan.
Shu bois «Farg‘ona suv ta’minoti» AJ Toshloq tuman filialiga so‘rov xati kiritilib, ushbu masala batafsil o‘rganildi. Unga ko‘ra filial tomonidan jamiyatimizga yuborilgan javob xatida bildirilishicha, xonadonga tortilgan ichimlik suv tarmog‘i liniyasi 1 ta bo‘lib, bu tarmoqqa 2 ta suv hisoblagich o‘rnatilganligi aniqlangan. Nazoratchi xonadonga borganida unga 2-suv hisoblagich ko‘rsatilgan bo‘lib, u tekshirilganda Billing dasturiga kiritilmaganligi sababli yuqoridagi holat vujudga kelgan. Olib borilgan o‘rganishlar davomida 1-suv hisoblagich Billing dasturiga ulanganligi, fuqaroning ishlatilgan ichimlik suvidan qarzdor emasligi aniqlandi va 2-suv hisoblagich uskunasi mutaxassislar tomonidan olib tashlandi.
Husnidaxon Yakubova,
jamiyat mutaxassisi.
(foto sun’iy intellekt yordamida tayyorlandi)
Post Comment