Ta’lim muassasasida zamonaviy texnologiyalardan xavfsiz foydalanish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi
Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan Federatsiya boshlang‘ich tashkilot (tayanch guruh)lari tashkillangan muassasalalarda internet makonida iste’molchi huquqlari bilan bog‘liq masalalarda ham turli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilayotganligi haqida xabarlar berib boryapmiz. Shaharning 26-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘tkazilgan tadbir ham shular jumlasidan hisoblanadi.
“Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining iste’molchilik huquqlari” mavzusidagi mazkur tadbir doirasida ta’lim muassasasi xodimlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan turli xabarlar va reklama materiallari, feyklar, internetdagi firibgarlik, mediasavodxon bo‘lish, onlayn platformalar orqali savdo amaliyotlarini hamda turli mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, mazkur yo‘nalishda iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgan holatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlar kabi masalalarda tushuntirishilar berib o‘tildi.
Tadbir doirasida yuqoridagi yo‘nalishda iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilishi va hal qilinishi natijalari yuzasidan misollar tarzida axborotlar berib o‘tilib, ta’lim muassasasi xodimlarining savollariga javoblar qaytarildi.
Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.
Post Comment