Tizim tashkilotlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Tizim tashkilotlari tomonidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda

Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari tomonidan davlat ta’lim va tibbiyot muassasalarida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Viloyatning Marg‘ilon va Quvasoy shaharlari, Farg‘ona va Dang‘ara tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasidandir.

Marg‘ilon shahri

Marg‘ilon shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shahardagi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Barchamiz iste’molchimiz” mavzusidagi o‘quv seminari tashkil etildi. O‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyachi va kichik xodimalari ishtirok etdilar. O‘quv seminari savol-javob hamda qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi..

Quvasoy shahri

Shahardagi 18-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan targ‘ibot tadbirida amaldagi qonunchilik targ‘iboti bilan birgalikda, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati, qonun ijrosini ta’minlash yo‘nalishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalari, jamoatchilik nazorati tadbirlari va ularning yakunlari, shuningdek mamlakatimiz iste’molchilik ijtimoiy harakatini xalqaro aloqalarni keng yo‘lga qo‘yish va ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib, amaliyotga joriy qilish vositasida rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib borilmoqda.

Farg‘ona tumani

Tumandagi 25-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Iste’molchi huquqlari qonun himoyasida” mavzusida o‘tkazilgan mazkur tadbirda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik mazmun-mohiyati, sohaga oid yangiliklar, qonun ijrosini ta’minlashda davlat va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik va hamkorlik hamda jamoatchilik nazoratining tutgan o‘rni va ahamiyati kabi masalalarda fikr-mulohazalar almashildi.

Dang‘ara tumani

Poliklinka tibbiyot xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur tadbir doirasida qonun targ‘iboti bilan bir qatorda, mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Tadbirlar doirasida ishtirokchilarning sohaga oid savollariga javoblar qaytarish, shuningdek ularning qo‘shimcha o‘rganishlarni talab qiladigan murojaatlarini tegishli tartibda qabul qilib olib, ularni hal qilib borish ham ko‘zda tutilgan.

Post Comment