Iste’molchining ishonch telefoniga qilgan murojaati tezkorlikda hal qilib berildi
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning Mingtut ko‘chasida yashovchi Sh.P.ning ichimlik suvi korxonasi mas’ullariga qilgan murojaatlariga qaramay xonadonidagi ichimlik suvi hisoblagichiga muhr (plomba) qo‘yib berish ishlari amalga oshirib berilmayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaatda keltirilgan holatlarga aniqlik kiritib olingandan so‘ng, ushbu holat yuzasidan shahar ichimlik suvi ta’minoti korxonasiga so‘rov xati kiritilib, o‘rganish ishlari korxonasi mas’ullari bilan hamkorlikda davom ettirildi.
O‘rganish ishlari doirasida korxona mas’ullariga yuzaga kelgan holatda amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish va qonunchilik targ‘iboti ishlari olib borildi. Uning yakunlari bilan esa iste’molchi xonadonidagi suv hisoblagich uskunasi muhrlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirish ishlari olib borildi.
Muhammadjon O‘lmasov,
jamiyat mutaxassisi.
Post Comment