Ta’lim va tibbiyot muassasalarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari tomonidan ta’lim va tibbiyot muassasalarida turli mavzularda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishdan iboratdir.
Marg‘ilon shahri
Shahardagi 38-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining iste’molchilik huquqlari” mavzusida tadbir tashkillanib, unda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan turli xabarlar va reklama materiallari, feyklar, internetdagi firibgarlik, mediasavodxon bo‘lish, onlayn platformalar orqali savdo amaliyotlarini hamda turli mobil ilovalar orqali to‘lovlarni amalga oshirishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlar, mazkur yo‘nalishda iste’molchi sifatidagi huquqlari buzilgan holatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan sa’y-harakatlar kabi masalalarda tushuntirishilar berib o‘tildi.
Toshloq tumani
Tumandagi 4-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkillangan tadbir «Men – yosh iste’molchiman» mavzusida bo‘lib o‘tib, uning doirasida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’molchi huquqlari, xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari, barchaning, xususan bog‘cha tarbiyalanuvchilarining ham iste’molchiligi, ularning sifatli ta’lim olishlari va sog‘lom ovqatlanishlari uchun yaratilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar, bu borada olib boriladigan jamoatchilik nazorati tadbirlari xususida fikr-mulohazalar almashildi.
Dangara tumani
Tumandagi … da o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida mamlakatimizda iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning iste’molchilik sohasiga oid huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarga iste’molchi sifatida huquqlari buzilgan holatlarda davlat idoralari, shuningdek Federatsiyaga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan ham tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbirlar doirasida tizim tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilishi va hal qilinishi natijalari yuzasidan misollar tarzida axborotlar berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi.
Post Comment