Uchko‘prik tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste’molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari

Uchko‘prik tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga aholi (iste’molchilar)dan kelib tushayotgan murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari

BRIFING
Brifing spikeri: Sardor Mirzajonov, tuman jamiyati raisi.

Uchko‘prik tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi va sohaga oid boshqa qonunlar hamda qonunosti hujjatlari asosida o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Asosiy faoliyat yo‘nalishlarimizdan biri iste’molchilarning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish bo‘lib, bunda birinchi navbatda “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qonunchilik asoslarini aholining keng qatlamlariga yetkazish yo‘nalishida ishlar olib borilmoqda. Joriy yilning 9 oyi davomida 31 ta yozma va og‘zaki targ‘ibot shaklidagi tadbirlari tashkillab o‘tkazildi.Bu esa aholining keng qatlamlariga iste’mol sohasiga oid huquqlari buzilganda o‘z huquqlarini mustaqil, davlat va sud idoralari yordamida, shuningdek iste’molchilarinng jamoat birlashmalari ko‘magida himoya qilinini haqida zaruriy bilim va ko‘nikmalarni shakllanishiga xizmat qilmoqda.
Faoliyatimiz davomida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlanishida, aholi (iste’molchilar)ning huquq va manfaatlarini himoya qilinishi yo‘lida mamlakatimizning “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni bilan ham yaqindan ishlashimizni taqozo qiladi.

Hisobot davrida tuman jamiyatimizga iste’molchilar tomonidan 22 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shulardan 7 tasi Federatsiya ishonch telefoni va telegram boti orqali, qolgan 21 tasi esa tuman jamiyatimizga yozma va og‘zaki tarzda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlardan iborat bo‘ldi.

Murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga 23 mln 547 ming 790 so‘m, shundan 1 ta murojaat asosida Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga da’vo arizasi kiritilib, iste’molchi foydasiga 2 mln 891 ming 845 so‘m moddiy va ma’naviy zararlar undirildi.

Kelib tushgan murojaatlarni tarkibiga qaralsa, ularning 13 tasi yozma, 7 tasi og‘zaki, 2 tasi elektron shaklda kelib tushganligi, sohalar kesimida ko‘rilganda, eng ko‘pi, ya’ni 77 foizi savdo sohasiga to‘g‘ri kelganligi, qolgan qismi esa, gaz va elektr ta’minoti hamda kommunal xo‘jalik sohalariga to‘g‘ri kelganligi ma’lum bo‘ladi.

Yuqoridagilarga yana shuni qo‘shimcha qilish mumiknnki, tuman jamiyati qoshida tashkil etilgan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali ham aholi vakillarimizga bepul huquqiy maslahat va yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Jumladan, o‘tgan davrda ushbu maslahatxona orqali 60 nafar fuqarolarga savdo, elektr, gaz, suv ta’minoti, transport, aloqa (internet), kommunal xo‘jalik va boshqa sohalar yuzasidan huquqiy maslahat va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuning bilan birgalikda, tuman jamiyati tomonidan federatsiya hamda hududiy birlashma topshiriqlari asosida, ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovar (ish, xizmat)lari sifati va xavfsizligini amaldagi qonunchilik talablariga mos kelishi yuzasidan hisobot davrida non va non mahsulotlari savdosi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy, transport va boshqa shu kabi masalalarda jami 14 ta jamoatchilik nazorati tartibidagi kuzatuv (o‘rganuv)lar ham o‘tkazilib, o‘rganish yakunlari bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarga tegishli ma’lumotnomalar kiritildi.
Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hudud aholisining iste’molchilik sohasiga oid bilimlarini va iste’mol madaniyatini oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati tadbirlarini olib borish ishlari tizimli asosda davom ettirilmoqda.

Post Comment