Beshariq va Toshloq tumanlarida iste’molchilarga qonunchilik targ‘iboti o‘tkazildi

Beshariq va Toshloq tumanlarida iste’molchilarga qonunchilik targ‘iboti o‘tkazildi

Federatsiya hududiy tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazish, ularnig bu boradagi huquqiy bilimlarini oshirish barobarida yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan «Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 296-sonli qarori mazmun-mohiyati va ushbu qaror bilan belgilab berilgan vazifalar yuzasidan ham tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Beshariq tumani

Tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hudud yoshlarining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun talablarini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Shunday tadbirlardan biri tumandagi Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, iste’mol madaniyati, xarid qilinayotgan mahsulot sifatini aniqlash kabi masalalarda tushuntirishlar, shuningdek o‘z huquqlarini qonuniy tarzda himoya qilish yo‘l-yo‘riqlari yuzasidan tushuntirish va tavsiyalar berib o‘tildi.

Toshloq tumani

Tumandagi 17-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan «Yuksak iste’mol madaniyati sari» nomi ostidagi targ‘ibot tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad ham amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini, shuningdek sohaga oid qabul qilingan so‘nggi qonunchilik hujjatlari hamda yangiliklarni aholining keng qatlamlariga yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirlar doirasida tizim tashkilotlariga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni o‘rganib chiqilishi va hal qilinishi natijalari yuzasidan misollar tarzida axborotlar ham berib o‘tilib, ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarib borilmoqda.

Post Comment