Tizim tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Federatsiyaning Farg‘ona viloyatidagi tizim tashkilotlari ijtimoiy soha tashkilotlarida bo‘lib, ularda mehnat faoliyati olib borayotgan ishchi xodimlar bilan iste’mol soahsining turli masalalari yuzasidan yuzma-yuz muloqot shaklidagi tadbirlarni o‘tkazib bormoqdalar. Farg‘ona shahri, Qo‘shtepa va Beshariq tuman jamiyatlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar shular jumlasiga kiradi.
Farg‘ona shahri
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutasaddilari tomonidan viloyat Silga qarshi kurashish markazida tashkillangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5430-sonli Farmoni, Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 414-sonli qarorlari mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tilib, tibbiyot muassasasi hamda Federatsiya o‘rtasida yaqindan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida tibbiyot xodimlariga yurtimiz iste’molchilik ijtimoiy harakati faoliyatida ishtirok etishning afzallik va qulayliklari tushuntirilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Qo‘shtepa tumani
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan tuman Veterinariya bo‘limida tashkillangan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi, «Veterinariya to‘g‘risida»gi, «Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida»gi, «Texnik jixatdan tartibga solish to‘g‘risida»gi va sohaga oid boshqa qonunlar va qonunosti me’yoriy hujjatlari ijrosini ta’minlashda ikki tashkilot o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Veterinariya sohasiga oid qonunchilik ijrosi ustidan jamoatchilik nazorati olib borish mexanizmlari va bu ishlada keng jamoatchilik ishtirokini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.
Beshariq tumani
Tuman jamiyati mas’ullari tomonidan hududdagi 64-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ishchi xodimlari bilan yuzma-yuz muloqot tashkillanib, ularga iste’mol sohasiga oid masalalarda muammolarga duch kelinganda Federatsiya tizim tashkilotlariga murojaat qilish yo‘l-yo‘riqlari tushuntirildi. Iste’molchilarchilar huquqlarini ihmoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda keng jamoatchiilk ishtirokini ta’minlanishi, bu borada ijtiomiy sheriklik hamda hamkorlik olib borilishining afzalliklari yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirib o‘tildi.



Post Comment