Marg‘ilonda iste’molchilar muammolarini sudlar vositasida hal qilish mexanizmlaridan samarali foydalanilmoqda

Marg‘ilonda iste’molchilar muammolarini sudlar vositasida hal qilish mexanizmlaridan samarali foydalanilmoqda

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ishida muammoni sudga da’vo arizasi kiritish yo‘li bilan to‘laqonli hal qilish mexanizmlaridan samarali foydalanib kelmoqda. Bunday ishlardan birini Marg‘ilon shahrida yashovchi A.A.ning mavsumda yetkazib berilmagan issiqlik energiyasi bo‘yicha qarzdorlik va unga hisoblangan penyani bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab qilgan murojaati asosida sudga da’vo arizasi kiritilishi misolida ham ko‘rish mumkin.

O‘rganish ishlarida ma’lum bo‘lishicha, A.A.ning ko‘p qavatli uyda joylashgan xonadoniga nisbatan issiqlik energiyasi to‘lovlari bo‘yicha 286 319 so‘m qarzdorlik hamda 282 797 so‘m penya hisoblangan. Iste’molchining ta’kidlashicha, xonadonga 2023 yildan buyon issiqlik energiyasi yetkazib berish ishlari talaba darajasida emas, 2024-2025 yillar mavsumida yana ushbu holat takrorlangach bu haqda tegishli tartibda dalolatnoma ham rasmiylashtirilgan.

O‘rganish ishlarida to‘plangan hujjatlar asosida kiritilgan da’vo arizasisini Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi jarayonida sud javobgar tomonini ham tingladi. Ishni ko‘rish yakunlari bilan esa iste’molchiga nisbatan hisoblangan asosiy qarzdorlik va penya summasidan iborat bo‘lgan 569 116 so‘m to‘lovni iste’molchi zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqardi.

Saidxon Xapizov,
jamiyat mutaxassisi.

Post Comment