Chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari ko‘rsatilmagan 82 ta xonadonga hisoblangan to‘lovlar bekor qilindi

Chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari ko‘rsatilmagan 82 ta xonadonga hisoblangan to‘lovlar bekor qilindi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qoldirgan Uchko‘prik tumanilik Q.A. o‘zi istiqomat qilayotgan mahallaga ko‘rsatilayotgan chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlaridan noroziligini bildirib, holatni o‘rganib chiqilishi va tegishli choralar ko‘rilishini so‘ragandi.

Murojaat Federatsiyaning Uchko‘prik tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilishi davomida unda keltirilgan vajlarga aniqlik kiritilib, uning asosida hududga chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot – «Agro Rishton ta’mir servis» MChJga so‘rov xati kiritildi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini mas’ullaridan murojaatda ko‘rsatilgan davr ichida iste’molchi yashaydigan ko‘chaga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan xizmatlar ko‘rsatilishi davriyligiga aniqlik kiritildi.

O‘rganishda mahallaning murojaatchi istiqomat qiladigan ko‘chasidan joriy yilning yanvar-fevral oylarida chiqindilar olib ketilmaganligi, ushbu davr uchun shu ko‘chada joylashgan aholi xonadonlari uchun 13 000 so‘mdan 104 000 so‘mgacha bo‘lgan qarzdorliklar hisoblanganligi holati qayd qilindi. Bundan kelib chiqqan holda, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan 2 oylik davr uchun ushbu ko‘chada istiqomat qiluvchi iste’molchilardan to‘lovlar olinmasligi (bekor qilinishi) to‘g‘risida qaror qabul qilinib, mazkur ko‘chada joylashgan 82 ta xonadonnga hisoblangan jami 3 653 000 so‘m to‘lovlar bekor qilindi.

Sardor Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment