Bir savolga bir javob #5
Savol: Dori vositalarini reklamasi bo‘yicha nimalarni bilishimiz kerak?
Javob:
Avvalambor dori vositalarini ikki guruhga ajratib olishimiz lozim, bular: shifokor resepti asosida realizasiya qilinadigan dori vositalari, shifokor reseptisiz realizasiya qilinadigan dori vositalari. Qonunchilikka ko‘ra quyidagi dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi:
– faqat shifokorning resepti bo‘yicha tarqatiladigan dori vositalarini;
– tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop va (yoki) kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini;
– O‘zbekiston Respublikasida tibbiyotda qo‘llanish uchun ruxsat etilmagan dori vositalarini;
– O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini.
Dori vositalarini reklama qilishda quyidagilar taqiqlanadi:
– taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi;
– olimlarning, tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, xuddi shuningdek alohida shaxslarning minnatdorchiligidan, tavsiyalaridan va reklama qilinayotgan dori vositalarining ta’siri haqidagi hikoyalaridan iborat bo‘lgan tavsiyalardan foydalanish;
– kasallik (jarohat) va (yoki) dori vositalarining inson organizmiga ta’siri natijasida inson organizmida yuz beradigan o‘zgarishlar to‘g‘risidagi videolavhadan, tasvirdan yoki vizual namoyishdan foydalanish;
– dori vositalarini haddan ziyod va noto‘g‘ri ishlatishga undash;
– shifokor maslahatini olmasdan mustaqil ravishda davolanish yoki jarrohlik aralashuvini amalga oshirish imkoniyati to‘g‘risida taassurot (ishonch) uyg‘otish;
– dori vositalari muvaffaqiyatli qo‘llanilganligiga doir muayyan hollarga havola qilinadigan reklama.
Reseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi:
– dori vositasini nojo‘ya ta’sirlar mavjud emasligi jihatidan noyob, eng samarali, eng xavfsiz deb taqdim etmasligi;
– dori vositasining tarkibiga, kelib chiqishiga, yangiligiga yoki patentlanganligiga nisbatan yanglishishlarga olib kelmasligi;
– dori vositasi ovqatga qo‘shiladigan biologik faol qo‘shimcha, kosmetik mahsulot yoki gigiena vositasi yoxud boshqa har qanday turdagi tovar ekanligini ta’kidlamasligi;
reklama ta’sirini kuchaytirish maqsadida boshqa dori vositalari bilan noto‘g‘ri taqqoslashlarga yo‘l qo‘ymasligi;
– mazkur dori vositasining ta’siri kafolatlanganligi to‘g‘risidagi tasdiqni o‘z ichiga olmasligi;
– inson salomatligi dori vositasini qabul qilmaslik oqibatida yomonlashishi mumkinligini uqtirmasligi kerak.
Reseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qo‘llashga va ulardan foydalanishga qarshi ko‘rsatmalar mavjudligi, qo‘llashga doir yo‘riqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi to‘g‘risidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak.



Post Comment